Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei va CASCO FRMCS asosidagi yangi TACN temir yо‘l tashuvlarini boshqarish tizimini taqdim etdi

MWC Barcelona 2026 doirasida Huawei Industry Digital Transformation Summit (sanoatlarni raqamli transformatsiya qilish sammiti)da “Istiqbolli temir yо‘l mobil aloqa tizimi” FRMCS (Future Railway Mobile Communication System Solution) va TACN (Train Autonomous Control Network) poyezdlarni avtonom boshqarish tarmog'ining negizida temir yo‘l yо‘llari uchun yangi tizim rasmiy ravishda ishga tushirildi. Tizimda Huawei tomonidan taqdim etilgan FRMCS yechimi va Xitoyning yetakchi temir yо‘l transporti yechimlari integratori CASCO tomonidan ishlab chiqilgan TACN tarmog‘i qо‘llaniladi. Ushbu yechim Afrikadagi temir yо‘l operatorlaridan biri tomonidan joriy etilgan bо‘lib, bu о‘tkazish qobiliyatini 60 % oshirishga imkon berdi.

Hozirgi kunda dunyoda temir yо‘llarning rivojlanishi uchta asosiy muammoga duch kelmoqda: tashish samaradorligining pastligi, modernizatsiya xarajatlarining tez о‘sishi va xavfsizlik masalalarining murakkablashuvi. An’anaviy temir yо‘l tizimlarida poyezdlar orasidagi intervallar katta bо‘lib, bu liniyalarning о‘tkazish qobiliyatini oshirish imkoniyatlarini cheklaydi. Bunday tizimlarni modernizatsiya qilish kо‘p miqdordagi yо‘l uskunalarini talab etadi, bu esa katta sarmoyalar, rekonstruksiya qilishning uzoq muddatlari va foydalanish hamda xizmat kо‘rsatishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. “Poyezd-yer” aloqa kanallarining о‘tkazish qobiliyati yetarli emasligi real vaqt rejimida nosozliklarni aniqlashga to‘sqinlik qiladi, bu esa xavfsizlik standartlariga rioya qilishni qiyinlashtiradi.

Huawei va CASCO FRMCS asosidagi TACN yechimini taqdim etdi. TACN ilg‘or texnologiyalarni, jumladan, aniq kо‘p komponentli joylashuvni (sun’iy yо‘ldosh navigatsiyasidan foydalangan holda), kо‘p modalli simsiz aloqani va tarkib yaxlitligini avtonom nazorat qilishni birlashtiradi, bu esa harakatlanuvchi bloklash kabi kengaytirilgan funksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Tizim oddiy va yuk temir yо‘llarida qо‘llanilishi mumkin. Afrikadagi temir yо‘l uchun TACNni joriy etish yillik yuk tashish hajmini 100 million tonnaga yetkazishga yordam berdi. 2025-yil 11-noyabr kuni bо‘lib о‘tgan ushbu temir yо‘l liniyasining ochilish marosimida rasmiy shaxslar kelajakda yillik о‘tkazish quvvati 120 million tonnaga yetishini prognoz qilishgan edi.           

FRMCS tarmog‘i yuqori о‘tkazuvchanlik, past kechikish va yuqori ishonchlilikni ta’minlaydi. FRMCS asosida ishlaydigan "poyezd-yer" aloqa kanallari tufayli tizim harakatga ruxsatni bir zumda uzatish imkonini beradi, bu esa poyezd intervallarini boshqarish tamoyilini о‘zgartiradi. Ushbu innovatsion yechim poyezdlar orasidagi intervalni uch daqiqagacha qisqartiradi va liniyaning о‘tkazish qobiliyatini 60 % ga oshiradi. Ikki tarmoqli zahiralangan arxitekturaning chastota ichidagi ortiqchalikka ega sxemasida asosiy va zahira kanallarining vazifasi 99,999% darajadagi ishonchlilikni ta’minlaydi. 20 Mbit/s о‘tkazish qobiliyati tufayli yechim temir yо‘l tizimlarining prediktiv ishlashi va texnik xizmat kо‘rsatishini qо‘llab-quvvatlaydi, harakat xavfsizligi va aniqligini oshiradi. Simsiz aloqa konstruksiyasi, shuningdek, yо‘l xо‘jaligini soddalashtirish, qurilishga dastlabki sarmoya kiritish va joriy xizmat kо‘rsatish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Istiqbolda FRMCS tarmog‘i lokomotivlarni sinxronlashtirish, perimetrni qо‘riqlash va kо‘rish chizig‘idan tashqarida poyezdlarni boshqarish kabi ilg‘or intellektual yechimlar uchun asos bо‘ladi.

Huawei va CASCО‘ning TACN yechimi investitsiyalarni optimallashtirish orqali о‘tkazish qobiliyatining sezilarli darajada о‘sishiga, xarajatlarning qisqarishiga va xavfsizlik darajasining oshishiga yordam beradi, temir yо‘l sanoatining yuqori sifatli barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. FRMCS asosidagi TACN yechimi Xitoydan tashqarida muvaffaqiyatli qо‘llanilib, xalqaro bozorlarda keng tarqalgan. Kelgusida Huawei о‘zining “transport va logistikaning intellektual texnologiyalar davriga о‘tishini ta’minlash” kabi qarashlariga sodiq qoladi. Huawei “platforma+ekotizim” strategiyasiga amal qilib, har bir ssenariy uchun tо‘g‘ri texnologiyalarni tanlaydi va butun dunyo bо‘ylab temir yо‘llarning raqamli va intellektual transformatsiyasini tezlashtiradigan magistral va shahar temir yо‘llari uchun yanada mukammal yechimlarni yaratadi.