Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil
ICTWEEK UZBEKISTAN 2026
2026 yil 22-25 Sentabr
Toshkent, O‘zbekiston
Tadbir haqida
O‘zbekiston Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — ICTWEEK UZBEKISTAN — O‘zbekistonda 2004-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi yirik va muhim tadbirlardan biridir. ICTWEEK UZBEKISTAN an’anaviy ravishda bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatga birlashtirib, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi tajriba almashish hamda yutuqlarni namoyish etish uchun platforma yaratadi. Shuningdek, bu O‘zbekiston IT-bozorining jozibadorligini xorijiy investorlar uchun namoyish etish, davlat, kompaniyalar va iste’molchilar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay maydondir.
ICTWEEK’ning uzoq yillik hamkori bo‘lgan va O‘zbekistonda 26 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan Huawei kompaniyasi bu yil “Golden Partner” maqomida “haftalik”ning asosiy tadbirlarida, jumladan, AKT texnologiyalari ko‘rgazmasida ishtirok etadi.
Bu yil Huawei ko‘rgazmasiningasosiy mavzusi “Advancing All Intelligence” hamda intellektual raqamli infratuzilmani rivojlantirishga bag‘ishlanadi. Kompaniya stendida operatorlik va korporativ segmentlar, davlat tashkilotlari hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun ilg‘or yechimlar namoyish etiladi. Yuqori tezlikdagi ma’lumot uzatish tarmoqlari, bulutli texnologiyalar, ma’lumotlarni saqlash tizimlari va sun’iy intellektning amaliy qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
ICTWEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi asosiy tadbirlardan biri sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni (AI & Digital Economy) rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan Future Intelligence Forum bo‘ladi. Forum davlat sektori, texnologiyalar sohasi, biznes va ekspert hamjamiyati vakillarini birlashtirib, sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalarning O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o‘rnini muhokama qilish uchun platforma yaratadi. Tadbir 2026-yil 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli iqtisodiyotni tadqiq etish markazi va IT-ta’lim assotsiatsiyasi ko‘magida bo‘lib o‘tadi. Forumda ro‘yxatdan o‘tish va tadbir haqida batafsil ma’lumot olish uchun veb-saytga tashrif buyurishingiz mumkin.
Biz AKT sohasi mutaxassislarini, davlat sektori vakillarini, IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarni hamda raqamli texnologiyalarga qiziqadigan barcha insonlarni Huawei kompaniyasining ko‘rgazma stendiga tashrif buyurishga va “Future Intelligence Forum”da ishtirok etishga taklif qilamiz. Sizni innovatsion yechimlar, muvaffaqiyatli loyihalarning amaliy misollari va soha ekspertlari bilan jonli muloqot kutmoqda. Raqamli O‘zbekiston rivojiga xizmat qiladigan muhim voqealarning bir qismiga aylaning!
-
09:30-10:00
-
Mehmonlarni kutib olish va muloqot qilish
- Jonli efir
-
10:00-10:05
-
Forum ochilishi
Forumning asosiy g‘oyasi va kun tartibini qisqacha taqdim etish.
-
10:05-10:10
-
Tabrik so‘zi
SI O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yangi turtki sifatida.
-
10:11-10:20
-
Raqamli iqtisodiyot va SI milliy kun tartibi
Strategiyadan amaliy yechimlarga.
-
10:21-10:30
-
Milliy SI ekotizimini rivojlantirish
Davlat, biznes, ta’lim, dasturchilar va xalqaro hamkorlarni birlashtirish.
-
10:31-10:40
-
Elektron tijorat raqamli iqtisodiyot drayveri sifatida
Raqamli platforma, marketplace modeli, to‘lovlar, logistika, ma’lumotlar va mijoz tajribasini shaxsiylashtirish
-
10:41-10:50
-
Elektron hukumat va davlat xizmatlarini avtomatlashtirish
Aholi va biznes uchun elektron hukumatning raqamli platformasi.
-
10:51-11:00
-
Xitoy tajribasi va SIni joriy etish infratuzilmasi
Telekommunikatsiya tarmoqlari, bulutli platformalar, ma’lumotlar markazlari, hisoblash quvvatlari va sanoat raqamlashtiruvi.
-
11:01-11:05
-
Mahalliy yechim namoyishi
Media, kontent, nutqni tanish va biznes kommunikatsiyalari uchun mahalliy SI vositasi.
-
11:06-11:10
-
SI iqtisodiyoti uchun kadrlar
Raqamli iqtisodiyot va SIni amaliy joriy etish uchun mutaxassislar tayyorlash haqida qisqa blok.
-
11:11-11:45
-
Panel muhokamasi: 6 ishtirokchi + moderator
Panel davlat kun tartibi, xalqaro ekspert qarashi, SI infratuzilmasi, milliy ekotizim, elektron tijorat va mahalliy SI yechimlarini birlashtiradi.
-
11:46-11:55
-
Yakunlash
Asosiy xulosalar: SI infratuzilmasi, tarmoqlar bo‘yicha joriy etish ssenariylari, boshqaruv va tartibga solish, kadrlar tayyorlash va SI ekotizimini rivojlantirish.
Ishtirokchilar
Yangilanadi











